“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:54
ЎЗO‘Z

I.Karimov haykalini yaratish bo‘yicha tanlov ishlari A.Aripovga yuklatildi

06 dek, 22:42 7 300 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
I.Karimov haykalini yaratish bo‘yicha tanlov ishlari A.Aripovga yuklatildi Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilinadi. Tanlovning tashkiliy ishlari Bosh vazir o‘rinbosari A.Aripovga yuklatilgan. Mazku qaror bandlari quyidagicha:

1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilikning O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlovni (keyingi o‘rinlarda Xalqaro tanlov deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda tashkiliy qo‘mita deb ataladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tashkiliy qo‘mita (A.Aripov) o‘n besh kun muddatda Xalqaro tanlovning tadbirlar rejasi, xarajatlar smetasi, nizomi, reglamenti va dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

3. Belgilab qo‘yilsinki, tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Xalqaro tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2016-2017 yillar uchun xarajatlar smetasida nazarda tutilgan byudjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi va xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari orqali O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan taqdim qilingan Xalqaro tanlov hamda unda ishtirok etish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tegishli xorijiy ijodiy tashkilotlarga yigirma kun muddatda etkazilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tashkiliy qo‘mita buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov o‘tkazilishi jarayonida tarjimonlar ishtirokini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining buyurtmanomalariga binoan Xalqaro tanlov doirasida xorijiy davlatlardan keltiriladigan yuklar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilariga kirish vizalarining konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

8. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilarini va unga aloqador yuklarni to‘lovlarning barcha turlaridan ozod qilsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro tanlovning g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq tadbir o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibini hamda uning qatnashchilari va mehmonlariga xizmat ko‘rsatuvchi avtotransport vositalari harakati xavfsizligini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xalqaro tanlov jarayonlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Aripov zimmasiga yuklansin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 533
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar