“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 02:45
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev saylov natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi

05 dek, 22:13 7 432 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev saylov natijalari bo‘yicha o‘z fikrlarini aytdi O‘zbekiston prezidenti saylovida g‘olib chiqqan Shavkat Mirziyoyev o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvi vaqtidagi nutqida ovoz berish natijalari uning zimmasiga katta mas’uliyat yuklagani haqida aytib o‘tgan.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan Shavkat Mirziyoyevni yoqlab saylovchilarning 88,61 foizi, ya’ni, 15,9 million kishi ovoz bergandi. Bu esa unga dastlabki natijalarga ko‘ra g‘oliblikni taqdim etdi.

"Sizning ko‘tarinki kayfiyatingizni ko‘rib, bundan kuch oldim. O‘tgan saylovlarda ulkan siyosiy faollik ko‘rsatdingiz. O‘tgan 25 yil davomida ko‘plab yutuqlarga erishdik. Men O‘zbekiston xalqiga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu raqamlar menga katta mas’uliyat yuklaydi. 88 foiz ovoz olish oson emas, lekin odamlar menga ishonch bildirishdi. Asosiysi — xalq ishonchini oqlash!", — degan saylovda ishonchli g‘alabaga erishgan O‘zbekistonning yangi prezidenti o‘zining 5 mingga yaqin tarafdorlari to‘plangan "O‘zekspomarkaz"dagi uchrashuvda.

U shuningdek, saylovda o‘ziga munosib raqib bo‘lgan boshqa nomzodlarga minnatdorchilik bildirgan.

Mirziyoyev shuningdek, "saylovchilar bilan uchrashganida ularning ko‘zidan ular nima o‘ylayotganini bilib turishi" haqida gapirgan.

"Odamlar juda ko‘p narsani xohlashadi - tinchlik, farovonlik va mamlakat taraqqiyotini", degan u.

Yangi prezident ayni vaqtda respublikaning turli viloyatlarda tashkil etilgan mitinglar ishtirokchilariga videomurojaat orqali minnatdorchilik bildirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 37
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 13
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 4
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 11
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 110
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 55
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 37
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 131
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 136
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 48
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 80
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 78
  • Bo‘limlar