“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 18:42
ЎЗO‘Z

Vladimir Putinning Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubi

05 dek, 21:48 7 339 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vladimir Putinning Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubi O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin nomidan tabrik maktubi keldi. Unda shunday deyiladi:

O‘zbekiston Respublikasining
caylangan Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Shavkat Miromonovich
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanishingiz munosabati bilan samimiy qutlovlarimizni qabul qilgaysiz.

Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Sizning vatandoshlaringiz orasidagi yuksak obro‘-e’tiboringizdan, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb vazifalarini hal etishdagi xizmatlaringiz keng ko‘lamda e’tirof etilganidan dalolatdir.

Rossiyada Sizni davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishning qat’iy tarafdori, deb biladilar. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilikni bundan buyon ham mustahkamlab, mintaqaviy va xalqaro masalalarda konstruktiv hamkorlikni kengaytiraveramiz. Bu esa mamlakatlarimiz birodar xalqlarining tub manfaatlariga mos keladi, Markaziy Osiyoda hamda butun Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi makonida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash imkonini beradi.

Muhtaram Shavkat Miromonovich, Sizga chin qalbdan mustahkam sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi g‘oyat mas’uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

Fursatdan foydalanib, Sizni o‘zingiz uchun qulay vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilaman.

Ehtirom bilan,

Vladimir Putin,
Rossiya Federasiyasi Prezidenti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 0
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 14
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 16
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 38
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 14
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 17
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 155
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 26
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 90
  • Bo‘limlar