“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:54
ЎЗO‘Z

Toshkentliklar nimadan qattiq norozi bo‘lishmoqda?

03 dek, 17:04 8 471 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentliklar nimadan qattiq norozi bo‘lishmoqda? Toshkent shahri haydovchilari O‘zbekiston hukumati rahbariyatidan poytaxt ko‘chalaridagi harakatlanish qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida yangi petisiyani e’lon qilishdi. Facebook tarmog‘ining «Voditeli Tashkenta» ijtimoiy guruhi ushbu petisiya matnini joylashtirdi, deb yozadi Kun nashri.

«Hurmatli, Shavkat Miromonovich, barcha o‘zbekistonliklar nomidan O‘zbekistondagi yo‘l harakati qatnashchilariga qulay sharoitlar barpo qilish, aniqrog‘i, yo‘llardagi, ayniqsa tartibga solinmaydigan chorrahalar hamda qayrilib olish joylarida ikki tomonlama harakatlanish chog‘ida haydovchilar, yo‘lovchilar uchun yo‘l kengligi bo‘ylab ko‘rinishni yaxshilashda yordam berishingizni so‘rayman», — deyiladi petisiyada.

Gap qarama-qarshi transport vositalari oqimlarini ajratib turuvchi to‘siqlar haqida bormoqda. U o‘zining konstruksiyasi bilan qatnov qismini haydovchi va yo‘lovchi tomonidan to‘liq nazorat qilishga imkon bermaydi. Buning oqibatida, ko‘plab YTH yuz bermoqda. Bularning aksariyatiga haydovchilarning to‘siq narigi tomonidan kelayotgan yo‘lovchilarni so‘nggi lahzada ko‘rib qolishi yoki qayrilayotgan avtomobil qarshi yo‘nalishda kelayotgan transport vositasini oldinroq ilg‘ay olmayotgani sabab bo‘lmoqda.

«Muhimi shuki, yo‘lni ko‘rish har joyda yaxshi bo‘lishi kerak, qatnovning ikki tomoni va har bir ishtirokchi uchun», — deb yozgan petisiya muallifi Artyom Malikov. Uning o‘zi bu muammoni hal etish uchun yo‘l o‘rtasidagi to‘siqlarni to‘liq yoki qisman olib tashlashni taklif qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar