“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:41
ЎЗO‘Z

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Dushanbega ilk parvozni amalga oshirdi

01 dek, 00:07 6 737 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Dushanbega ilk parvozni amalga oshirdi «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«30 noyabr kuni Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi charter reysni amalga oshirdi», — deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida aviaqatnovlarni tiklash bo‘yicha kelishuv imzolangani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Tojikiston aviasiya muassasasi rahbari Yusuf Rahmon «mazkur bazaviy hujjat asosida hukumatlararo kelishuv imzolanishi va aviaqatnovlar tiklanishini» aytgan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha Davlat inspeksiyasining rahbar o‘rinbosari Oleg Lim O‘zbekiston va Tojikiston aviarahbariyatlari o‘rtasida muammolar yo‘qligini, aviatashuvchilar reyslarni amalga oshirishga kirishishlari uchun asosiy huquqiy baza tayyorlanganini bildirib o‘tgan.

U shuningdek, qaror qabul qilinishida Tojikiston tomonining rolini ham qayd etib o‘tdi.

«Aynan Tojikiston aviarahbariyati tufayli biz bugun mana shunday o‘zaro manfaatli qarorga keldik. O‘zbekiston tomoni yanvardan Dushanbega parvozlarni amalga oshirishga tayyor», — deya Limning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti agentligi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, 2017 yilning yanvaridan boshlab Dushanbe-Toshkent-Dushanbe aviareysi haftada ikki marta «Somon-Eyr» va «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnov 1992 yilda Tojikistonda fuqarolar urushi boshlanganidan so‘ng to‘xtab qolgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda 20 may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 19 мая, 16:26 80
  • O‘zbekistonda tug‘ilish va nikohlar soni kamaydi 18 мая, 17:00 137
  • “O‘zgidromet” kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 18 мая, 13:58 203
  • O‘zbekistonda bir yilda 22 ta erta turmush holatlari aniqlandi 14 мая, 08:12 58
  • Haftaning birinchi yarmida quruq va juda issiq ob-havo kutilmoqda 13 мая, 13:23 103
  • Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qancha xorijlik sayyohlar keldi? 12 мая, 14:48 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 0
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 0
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 0
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 0
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 5
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 32
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 95
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 138
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Bo‘limlar