“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 07:13
ЎЗO‘Z

Saylov kuni Toshkentda jamoat transporti bepul. «Toshshahartransxizmat» esa bundan bexabar

30 noya, 13:37 7 978 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saylov kuni Toshkentda jamoat transporti bepul. «Toshshahartransxizmat» esa bundan bexabar O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya’ni, 4 dekabr sanasida Toshkent metropolitenidan va boshqa turdagi jamoat transportidan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Joriy yilning 4 dekabr kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ahamiyat kasb etuvchi sanadir. Shu kuni davlatimiz Konstitusiyasiga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlarida ishtirok etadilar, o‘zlari ma’qul deb bilgan nomzod uchun ovoz beradilar.

Toshkent shahrida saylovlarning yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishi, saylovchilar hamda tadbir tashkilotchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00dan boshlanishi va kun davomida yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishini ma’lum qilamiz.

Barchani o‘z konstitusiyaviy huquqidan foydalanib, yurt kelajagi uchun ovoz berishga chaqiramiz!» , — deyilgan xabar matnida.

Ayni vaqtda metroda va avtobuslarda yo‘lovchilarga 4 dekabr kuni jamoat transportlari bepul bo‘lishi haqida ma’lum qilinmoqda.

«Kun.uz» tahririyati bu ma’lumotga oydinlik kiritish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ xodimi bilan bog‘langanida, tashkilotda bunday ma’lumot yo‘qligi bildirildi.

Ayni vaqtda tashkilot saytida ham bu haqda xabar berilmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 52
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar