“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:30
ЎЗO‘Z

Endi xorijga 10 ming dollar miqdorida naqd pul olib chiqish mumkin (batafsil)

30 noya, 09:11 9 413 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi xorijga 10 ming dollar miqdorida naqd pul olib chiqish mumkin (batafsil) O‘zbekistonda 2017 yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarini o‘zida ifoda etgan «Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida«gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.

Unda ko‘rsatilishicha, O‘zbekiston hududida jismoniy shaxslar o‘rtasida bank o‘tkazmalari, pochta o‘tkazmalari yoki to‘lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag‘larini o‘tkazishga ruxsat beriladi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o‘z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;

Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha to‘lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o‘z xohishiga ko‘ra erkin tanlaydi;

hukumat qarorlari bilan o‘rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo‘lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSh dollari ekvivalentigacha miqdorda bo‘lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O‘zbekistondan olib chiqish va O‘zbekistonga olib kirishda majburiy deklarasiya qilinmaydi;

tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O‘zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;

O‘zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston banklarida hisob ochish va mablag‘larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 527
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar