“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 15:17
ЎЗO‘Z

Viloyatlarda tibbiy oliygohlarning ba’zi filiallari yopiladi

29 noya, 06:21 8 528 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Viloyatlarda tibbiy oliygohlarning ba’zi filiallari yopiladi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 21 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat stomatologiya instutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus filiallari qisqartiriladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today.

Ushbu filiallar ikki yil avval Toshkent davlat stomatologiya instituti yaratilishi jarayonida Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot institutlarining stomatologiya fakultetlari va Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida yaratilgandi.

Biroq tajriba ushbu filiallarning keyingi rivojlanishi samarasiz va mutaxassislarni sifatli tayyorlashni ta’minlashga qodir bo‘lmagan loyiha ekanligini ko‘rsatdi.

Qarorga ko‘ra, filiallar avval ajrab chiqqan oliy ta’lim muassasalari tarkibiga yana fakultetlar sifatida kiritiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi qisqartirilayotgan filiallarda tahsil oluvchi talabalarni tegishli stomatologik fakultetlarga o‘tkazish bilan mashg‘ul.

Shakllantirilayotgan fakultetlarni tugatilayotgan filiallar xodimlari safidan malakali pedagoglar va boshqa xodimlar bilan kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Qisqartirilayotgan filiallarning bino, inshoot, qurilmalari, inventari, o‘quv va metodik adabiyotlari, hujjatlari, boshqa mol-mulki va mablag‘lari fakultetlar hisobiga o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 0
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 1
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 0
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 169
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Bo‘limlar