“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:29
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlari yanada takomillashtiriladi

28 noya, 16:24 11 631 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlari yanada takomillashtiriladi O‘zbekistonda stomatologiya xizmatlarini yanada takomillashtirish borasida navbatdagi qadam tashlandi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 21 noyabrda Toshkent davlat stomatologiya institutining Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukusdagi filiallarini qayta tashkil etishga doir qaror qabul qildi. Qaror matni Lex.uz saytida e’lon qilingan.

Ular o‘rniga Andijon, Buxoro va Samarqand tibbiyot institutlari, shuningdek, Toshkent pediatriya institutining Nukus filialida stomatologiya fakultetlari ochiladi.

Qarorda ta’kidlanishicha, hujjat stomatologiya sohasida yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, stomatolog-mutaxassislarni nazariy tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning amaliy ko‘nikmalarini yuqori bosqichga ko‘tarish maqsadida qabul qilingan.

Endilikda, to‘rtta filialda tahsil olayotgan talabalar ta’lim shakli saqlangan holda yangi fakultetlarda o‘qishni davom ettirishadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent davlat stomatologiya instituti 2014 yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasi stomatologiya fakulteti negizida tashkil etilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 137
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar