“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:44
ЎЗO‘Z

Toshkentda ko‘p qavatli avtogarajlar qurilishi boshlandi

28 noya, 14:20 7 059 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda ko‘p qavatli avtogarajlar qurilishi boshlandi Toshkent shahrida 4 ta ko‘p qavatli avtogarajlarni qurish ishlari boshlab yuborildi. Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar saylovchilari bilan uchrashuvida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yengil avtomobil haydovchilariga qulaylik yaratish maqsadida shaharning Mirzo Ulug‘bek, Sirg‘ali va Yashnobod tumanlarida 4 ta ko‘p qavatli avtogarajlarni qurish ishlari boshlab yuborildi. Shunday garajlarni barpo etish maqsadida kelgusi 5 yilda yana 84 ta loyiha amalga oshiriladi.

Sirg‘ali tumanining "Sirg‘ali-6" mavzesida joylashgan 400 ta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtogaraj qurilishiga jami 7,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, u 2017 yilda ishga tushiriladi.

Shuningdek, avtobus, metro va boshqa turdagi jamoat transportlarining faoliyatini kengaytirish borasida ham muhim ishlar amalga oshiriladi.

"Kelgusi 5 yilda umumiy qiymati qariyb 390 milliard so‘m bo‘lgan 4ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Shaharda serqatnov, tirband hududlar bo‘yicha 80ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Har yili katta va o‘rta sig‘imdagi 100ta avtobus xarid qilinadi. Bu maqsadlarga mahalliy byudjet hisobidan 335 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi", – degan Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 531
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar