“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklar chiqish vizasini bekor qilishga doir petisiyani imzolashmoqda

26 noya, 07:50 7 965 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklar chiqish vizasini bekor qilishga doir petisiyani imzolashmoqda Shange.org saytida O‘zbekiston fuqarolari tashabbusi guruhi nomidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini vaqtinchalik bajaruvchi, Bosh vazir Sh.M.Mirziyoyev nomiga murojaat xati (petisiya) bitildi.

Unda O‘zbekistonning bir guruh fuqarolari xorijga safar qilishda talab qilinadigan, ikki yilga beriluvchi chiqish vizasi mavzusini ko‘tarishgan.

"Ma’lumki, mazkur viza fuqarolarning horijga chiqishini tartibga solish maqsadida amalga kiritilgan edi. Muayyan davrgacha, ya’ni mustaqillikning dastlabki yillarida, bunday amaliyot o‘zini oqlagan bo‘lishi mumkin. Biroq, zamon – XXI asr yangi talablarni oldimizga qo‘ymoqda. Chiqish vizasi xalqaro me’yorlarga javob bermasligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. U safar qilish, sayohatga borish, yurish va ko‘chish erkinligi tamoyiliga ham zid deb o‘ylaymiz. Qolaversa, chiqish vizasi poraxo‘rlikning kengayishiga ham sabab bo‘lmoqda", - deyilgan petisiya matnida.

Shuningdek xatda mazkur viza olish jarayoni bilan bog‘liq muammolarga to‘xtalib o‘tilgan hamda BMT Inson Huquqlari Umumjahon Deklarasiyasining 13.1-bandi keltirib o‘tilgan. Unda insonning butun dunyo bo‘yicha erkin yurish, o‘z mamlakatidan erkin chiqish va kirish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan.

Bundan tashqari, petisiyada dunyoning deyarli hech bir davlatida bunday viza rejimi yuritilmasligiga e’tibor qaratilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi jahonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekan va shu yo‘lda bugunga qadar ancha islohotlarni amalga oshirganligini inobatga olgan holda, biz, o‘zbekistonliklarga chiqish vizasini bekor qilish uchun tegishli qaror qabul qilishingizni taklif etamiz", deb yakun yasalgan petisiyaga.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 137
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar