“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 11:52
ЎЗO‘Z

Toshkentda «Toshkent Siti» biznes markazi quriladi

25 noya, 18:15 9 477 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda «Toshkent Siti» biznes markazi quriladi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi. Nomzodning uchrashuvdagi nutqi to‘liq holda «Toshkent oqshomi» gazetasida chop etilgan. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Shavkat Mirziyoyev shaharni rivojlantirish bo‘yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy e’tibor yangi ish o‘rinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini ma’lum qildi.

Xususan, 2017 yilda poytaxtning markaziy tumanlaridan birida 70 gektar maydonga tadbirkor va banklar tomonidan 1 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan «Toshkent Siti» biznes markazi qurilishi boshlanadi.

«Toshkent shahrining eski shahar qismidagi Zarqaynar mahallasi ko‘chalarida dunyoning boshqa ko‘plab mamlakatlaridagi kabi, xususiy tadbirkorlarning faoliyati va milliy me’morchilik namunalari asosida “Eski Toshkent” nomli tarixiy-madaniy va dam olish markazini tashkil etamiz.

Bu, bir tomondan, shu hududda yashaydigan aholi uchun o‘z biznesini tashkil qilishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Ikkinchi tomondan, chet ellik mehmonlar orasida bizning an’ana va urf-odatlarimizni targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Ushbu markazdagi ob’ektlarning qurilishi xususiy tadbirkorlar tomonidan Milliy bankning imtiyozli kreditlarini jalb qilgan holda moliyalashtiriladi.

Shuningdek, 2017 yilda biz tadbirkorlar va tijorat banklarining jami 1 milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘lari hisobiga “O‘qchi Olmazor” massivida umumiy maydoni 70 gektar bo‘lgan “Toshkent Siti” ishbilarmonlik hududini bosqichma-bosqich qurilishini boshlaymiz», degan Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 4
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 44
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 44
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 159
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 144
  • Bo‘limlar