“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:46
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an: O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining yangi sahifasi

19 noya, 15:00 8 332 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an: O‘zbekiston-Turkiya hamkorligining yangi sahifasi Rasmiy tushrif bilan O‘zbekistonga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Suhbat chog‘ida ushbu tashrif ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka yangi sur’at baxsh etishiga ishonch bildirildi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va chuqur qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, qadoqlash, qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha majmualar barpo etishga, to‘qimachilik va terini qayta ishlash sanoatida zamonaviy qo‘shma korxonalar yaratishga, xususan, birgalikda paxta tolasi va teri xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali tayyor brendli mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishni yo‘lga qo‘yish, farmasevtika sohasida hamkorlikka oid yangi loyihalar tuzish va amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Turkiyaning etakchi turistik kompaniyalarini jalb etgan holda O‘zbekistonda sayyohlik infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Toshkent viloyatlarida xalqaro talablarga mos zamonaviy sayyohlik majmualari barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Transport kommunikasiyalariga ham alohida e’tibor qaratildi. “Boku – Axalkalaki – Qars” temir yo‘lining ishga tushirilishi ikki mamlakatni bir-biri bilan bog‘laydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport yo‘lagini yaratishdek strategik ahamiyatga ega masalani hal etishda, binobarin, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo‘lishi qayd etildi.

Muhokama qilingan masalalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston va Turkiyaning o‘z oldiga qo‘yayotgan maqsadlariga erishish uchun kelasi yil boshida Toshkent shahrida Hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazishga, uning doirasida O‘zbekiston – Turkiya sarmoyaviy forumini tashkil qilishga kelishib olindi.

Davlatlararo munosabatlarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida o‘rin tutadi. Tomonlar bu boradagi sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu uchrashuv davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarib, o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikning yangi sahifasini ochishga xizmat qilishiga qat’iy ishonch bildirdilar.

Shu bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning mamlakatimizga tashrifi yakuniga etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar