“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 18:19
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: “Turkiya – birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan davlat”

19 noya, 14:15 15 416 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: “Turkiya – birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan davlat” Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani haqida xabar bergan edik. Erdo‘g‘an uchrashuvda avval “o‘zbeklar va turklar o‘rtasida abadiy do‘stlik” aloqalarini o‘rnatishni istashi haqida bayonot bergandi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning so‘zlaridan so‘ng O‘zbekiston Respubliksi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev ham ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning buguni va istiqboli haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘zbek va turk xalqlarining tili, dini, tarixi va madaniyati bir-biriga juda yaqin”, deb so‘z boshladi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov qabrini ziyorat qilgani Turkiya Bosh vazirining yordamchisini yuborgani, shuningdek Islom Karimovning vafoti munosabati bilan xat yo‘llab, ta’ziya bildirgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

“Mana bugun o‘zingiz tashrif buyurdingiz. O‘zbek xalqi va Islom Karimovga bo‘lgan hurmatingizni namoyish qilganingiz uchun tashakkur”, deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev.

“Marhum Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonning asoschisi bo‘ldi, xuddi shu kabi, Otaturk ham mustaqil Turkiya asoschisidir. Turkiya birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan davlat sanaladi. Biz buni hech qachon unutmaymiz”, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari bugun Turkiya yirik imkoniyatlarga ega va dunyo miqyosida katta hurmat qozongan davlat ekanini aytib o‘tdi.

“Siz siyosat va hayotda katta tajribaga ega rahbarsiz. Turk xalqi sizning boshqaruvingiz ostida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Xalqingizning sizga bo‘lgan tuganmas muhabbati ko‘pchilik qatori meni ham hayron qoldirdi. Shu bilan birga bu biz uchun namunaga aylandi. 2023 yilda Turkiyani dunyoning rivojlangan davlatlar o‘ntaligiga kiritish dasturingiz hurmatga loyiq, albatta”, dedi o‘zining nutqi davomida Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot o‘rnida, ikki davlat rahbarlari suhbatdan so‘ng birgalikda tushlik qilishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 89
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 1
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 1
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 12
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 73
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 28
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 41
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 86
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 43
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 140
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 71
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 70
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 178
  • Bo‘limlar