“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 12:24
ЎЗO‘Z

Tatyana va Lola Karimovalar Islom Karimov fondi va muzeyiga asos soldilar

19 noya, 11:15 10 424 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tatyana va Lola Karimovalar Islom Karimov fondi va muzeyiga asos soldilar Lola Karimova-Tillaeva va Tatyana Karimovalar O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik hayriya fondiga asos soldilar. Bu haqida Lola Karimova o‘z sahifasida ma’lum qildi, deyiladi "Diydoraziz" nashrida. Fond tomonidan Islom Karimov muzeyi tashkil etilishi ham rejalashtirilgan. Shuningdek, fond o‘zbek tilini rivojlantirishga alohida ahamiyat berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Fond tomonidan o‘zbek klassik hamda zamonaviy yozuvchilar asarlarini chet tillarga tarjimasi va nashri uchun grantlar beriladi. Fondning asosiy yo‘nalishlari haqida Lola Karimova shunday yozadi:

«Yurtimizning birinchi Prezidenti olamdan o‘tganlariga ikki yarim oy bo‘ldi. Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond o‘z oldiga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to‘g‘risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan.
Fondning birlamchi vazifalaridan biri mamlakatimiz hamda horijda O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Islom Karimov Fondi tomonidan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga, oliy o‘quv yurti va maktab murabbiylari hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini oshirishga yo‘naltirilgan turli ilmiy-ma’rifiy, madaniy dastur va loyihalar amalga oshiriladi. Ushbu dasturlar doirasida Islom Karimov Fondi iste’dodli yoshlarga mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun grantlar taqdim etadi. Mamlakatimizda ilm-fanning taraqqiyotiga hissa qo‘shish maqsadida Fond tomonidan ilmiy tadqiqot dasturlariga ham grantlar ajratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Islom Karimov Fondi o‘z faoliyatida o‘zbek tilini rivojlantirishga alohida ahamiyat berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. Fond tomonidan o‘zbek klassik hamda zamonaviy yozuvchilar asarlarini chet tillarga tarjimasi va nashri uchun grantlar beriladi.
Ona yurtimizning an’analari, adabiyoti hamda xalqimizing boy madaniy merosining boshqa jabhalariga tegishli adabiyotlar nashr etmoqlik ham Fond faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi.
Islom Karimov Fondi xalqimizning avloddan avlodga, asrlar osha o‘tib kelayotgan hunarmandchilik an’analarini asrash va qo‘llab quvvatlashni ko‘zda tutgan loyihalarni ham amalga oshiradi.
O‘zbek zamonaviy tasviriy san’at maktabini taraqqiy ettirish maqsadida Islom Karimov Fondi o‘zbek san’at ustalari tomonidan yaratilgan eng yaxshi asarlar kolleksiyasini to‘plashni hamda mashhur rassomlar va ist’edodli yosh san’atkorlarning ko‘rgazmalarini tashkil etishni o‘z birlamchi vazifalaridan biri qilib belgilagan.
Islom Karimov Fondi mana 14 yildan buyon ota-ona qaramog‘isiz qolgan va nogiron bolalar va yoshlarga har tomonlama yordam ko‘rsatib kelayotgan “Sen yolg‘iz emassan” jamoatchilik bolalar fondi bilan ham hamkorlikda faoliyat olib boradi.
Islom Karimov Fondi yurtimizda istiqomat qiluvchi ko‘pgina insonlarga o‘z salohiyatini amalga oshirishda yordam berib, ona O‘zbekistonimizning madaniy va marifiy rivojiga o‘z salmoqli hissasini qo‘shadi, deb umid qilaman.
Men mehribon Allohdan otamning oxiratlarini obod qilishini va boshlagan xayrli ishlarimizda bizga madadkor bo‘lishini so‘rayman.»




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 207
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 267
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 7
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 12
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 29
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 28
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 22
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 213
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 57
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 231
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 131
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 230
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 69
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 131
  • Bo‘limlar