“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 17:55
ЎЗO‘Z

Toshkentda noqonuniy sotib olingan 20 ming dollarni chet elda naqdlashtirgan huquqbuzarlar aniqlandi

13 mar, 22:22 7 567 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda noqonuniy sotib olingan 20 ming dollarni chet elda naqdlashtirgan huquqbuzarlar aniqlandi Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamentining Sergeli tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyutafurushlikni kasb qilgan huquqbuzarlarning qilmishlari fosh etildi, deb xabar beradi «Huquq» nashri.

Xususan, bir fuqaro ayrim nomalum shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, oldindan tanish va notanish bo‘lgan shaxslarni yollab, dastlab fuqarolik pasportlaridan foydalangan holda ularning nomiga xalqaro valyuta to‘lov plastik kartochkalarini ochishga erishgan. Shundan so‘ng, valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kursda sotib olib, chet el davlatlarida faoliyat yuritadigan savdo do‘konlarida naqdlashtirib, transaksiya operasiyasini amalga oshirgan.

Yangi jinoiy rejalarni amalga oshirishda unga bir ayol yaqindan yordam bergan. Shu tariqa, huquqbuzar 10 nafar yollanma fuqaroning har biriga 2000 AQSh dollari sotib olishi uchun 4 million 400 ming so‘mdan jami 44 million so‘mdan ziyod naqd pul mablag‘larini berib, fuqarolik pasportlaridan foydalangan holda ularning nomiga Sergeli tumanida joylashgan banklarning birida 10 ta xalqaro valyuta kartochkasini ochgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda «ustomon»larning jami 20 ming AQSh dollari miqdoridagi valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kursda sotib olib, chet elda naqdlashtirib, transaksiya operasiyasini amalga oshirgani aniqlandi.

Manba: www.daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 137
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 0
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 1
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 86
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Bo‘limlar