“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:40
ЎЗO‘Z

9-sinf qizi I.Karimovni xotirlab ko‘rgazma tashkil etdi

26 okt, 12:36 8 337 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
9-sinf qizi I.Karimovni xotirlab ko‘rgazma tashkil etdi Namangan viloyati o‘lkashunoslik muzeyida yosh hunarmand-kulol Marjona Abdullajonovaning ilk shaxsiy ko‘rgazmasi tashkil etildi. U «Islom bobomni xotirlab» deb nomlangan.

Marjona Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Qizilyozi qishlog‘idagi 36-umumta’lim maktabining 9-sinfida tahsil oladi.Yosh iste’dod sohibasi Marjona Abdullajonovaning badiiy kulollik ishlari joriy yilda Chexiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro bolalar ijodiyoti festivalida dunyoning turli mamlakatlaridan taqdim etilgan 25 mingdan ziyod ijod namunalari orasida yuqori baholanib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

Ko‘rgazmada Marjonaning yuzdan ziyod ijodiy namunalari namoyish etildi. Uning “Mustahkam oila”, “Qamchiq tunneli”, “Keksalar gurungi” deb nomlangan badiiy kompozisiyali sopol asarlari, milliy haykalchalar, ko‘zacha-yu idishlari muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

– Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlab ishlagan buyumlarimni O‘zbekistonimizning barcha yoshlarini mening farzandlarim, deb alqagan va butun umrini yosh avlod kamoloti uchun sharoit yaratishga bag‘ishlagan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovga sovg‘a qilishni niyat qilgan edim, – deydi Marjona. – Afsuski, bu orzuim armonga aylandi. Biroq Islom bobomiz bizning qalbimizda mangu yashaydi. Ularning porloq xotiralari hurmati Birinchi Prezidentimiz orzu qilganidek O‘zbekistonning buyuk kelajagi yo‘lida sidqidildan o‘qiymiz va mehnat qilamiz.

Manba: Diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 43
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar