“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:27
ЎЗO‘Z

Sirdaryoda 5 ta tuman hokimi almashdi

24 okt, 15:28 8 773 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sirdaryoda 5 ta tuman hokimi almashdi Sirdaryo viloyatining 5 ta tumaniga va 2 ta shahriga yangi hokimlar tayinlandi. 22 oktyabr kuni Xalq deputatlari Guliston, Shirin shaharlari, Oqoltin, Sayxunobod, Sardoba, Sirdaryo tumanlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi sayti xabar bergan.

Sessiyalarda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.

Deputatlar Sirdaryo viloyati hokimi Oybek Ashurmatovning tavsiyasiga ko‘ra, Guliston shahriga Sirdaryo viloyati hokimining ma’muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Shuhratullaevich Ismatullaevni, Shirin shahriga “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati elektrostansiyalardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Ilhomjon Mahmudjonovich Begalievni, Oqoltin tumaniga Jizzax viloyati Zomin tumani “Avtosanoat-agro-Jizzax” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Hamraboy Rahimovich Razzoqovni, Sayxunobod tumaniga Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nosirjon Mahmudovich Egamberdievni, Sardoba tumaniga Sirdaryo viloyati prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Shukurullo Xo‘jamqulovich Tursunovni, Sirdaryo tumaniga “Sirdaryoavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori Sobirjon Nazarovni hokim etib tasdiqladilar.

Sessiyalarda viloyat hokimi Oybek Ashurmatov tumanlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalar qilgan.

Sessiyalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Abitovich Nazarmuhammedov qatnashdi va so‘zga chiqdi.

Manba: Diydoraziz.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 45
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar