“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:26
ЎЗO‘Z

Ortiqcha benzin olganlarga qarshi chora ko‘riladi

21 okt, 18:57 7 349 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ortiqcha benzin olganlarga qarshi chora ko‘riladi Ayni kunlarda mamlakatimizda yoqilg‘i etishmovchiligi kuzatilayotganligi sir emas. Bu holat bir necha oydan buyon davom etayotgani esa ko‘pchilik haydovchilarga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahridagi ba’zi yoqilg‘i quyish shahobchalari o‘z faoliyatini to‘xtatishga ham majbur bo‘lgan. Bu haqda Sof.uz yozmoqda.

“O‘zneftmahsulot” AK haydovchilardan turli gap-so‘zlar va shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirmoqda. Bu borada “Xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.

“O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasiga bu boradagi murojaatlarning soni ko‘payib ketganligi bois kompaniya rasmiy saytida ayni holatga rasman izoh berib o‘tdi. Xabarda keltirilishicha, aslida benzin tanqisligi kompaniya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan sabablar orqali amalga oshmoqda.

Birinchidan, ba’zi haydovchilar me’yoridan ortiq miqdorda benzin olishmoqda. Ayrim haydovchilar buni o‘zlari uchun g‘amlab qo‘yayotgan bo‘lsalar, yana ayrim kimsalar esa daromad olish maqsadida ortiqcha benzin sotib olmoqda.

Ikkinchidan, mamlakatimiz bo‘ylab avtomobillar sonining ortishi ham yoqilg‘i tanqisligi yuzaga kelishiga sabab bo‘layotgan omillardan biridir.

Alohida ta’kidlash zarurki, turli maqsadlarda ortiqcha miqdorda benzin g‘amlab qo‘yish holatlariga qarshi “O‘zneftmahsulot” AK “O‘zdavneftgazinspeksiya” va tegishli huquqni muhofaza qilish organlari bilan birga zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirishni mo‘ljallamoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar