“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:07
ЎЗO‘Z

Amnistiya to‘g‘risidagi qaror matni e’lon qilindi.

11 okt, 17:14 12 941 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amnistiya to‘g‘risidagi qaror matni e’lon qilindi. O‘zbekiston axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish haqida kiritgan taqdimnomasini e’lon qildi.

Insonparvarlik prinsiplariga amal qilgan holda, avvalgi amnistiya aktlarini qo‘llash va shaxsga oid ish hujjatlarini o‘rganish natijalari asosida, kelgusida ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlash zaruriyati yo‘qolganligini, shuningdek, yoshi va sog‘lig‘ini inobatga olib, quyidagilarni nazarda tutuvchi amnistiya aktini qabul qilish taklif etiladi:

1. Hukm qilingan: ayollarni; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni; 60 yoshdan oshgan erkaklarni; chet davlatlar fuqarolarini; I va II guruh nogironlarini; sil kasalligining faol shakliga chalingan shaxslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan, shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno);

2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslarni, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan shaxslar bundan mustasno);

3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, o‘talmay qolgan jazo muddati uch yildan ko‘p bo‘lmagan, hukmi qonuniy kuchga kirgan mahkumlarni jazodan ozod qilish (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno);

4. Ayollar; jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga to‘lmagan shaxslar; 60 yoshdan oshgan erkaklar; chet davlatlar fuqarolari; I va II guruh nogironlari; sil kasalligining faol shakliga chalingan shaxslarga (Jinoyat kodeksining 167- va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va etkazilgan moddiy zararni qoplamagan, Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan, shuningdek, o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan barcha jinoyat ishlarini tugatish;

5. Amnistiya aktiga asosan ozod qilinmaydigan shaxslarning o‘talmay qolgan jazo muddatini:

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — uchdan bir qismiga;

qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga — to‘rtdan bir qismiga qisqartirish.

Bunda, Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarning jazo muddatini qisqartirmaslik taklif qilinadi;

6. Sodir etilgan jinoiy qilmishlarning ijtimoiy xavflilik darajasi va oqibatlarini hisobga olgan holda:

uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan;

taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan;

o‘ta xavfli residivist deb topilgan;

jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan;

jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda buzayotgan;

muqaddam afv etish yoki amnistiya tartibida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyatlar sodir etgan;

o‘lim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga nisbatan amnistiya aktini tatbiq etmaslik.

Shu bilan birga, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarni ham jazodan ozod qilish taklif etiladi.

Bundan tashqari, amnistiya aktida asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlarni qo‘shimcha jazodan ozod etmaslik haqidagi normani nazarda tutish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Amnistiya aktini tatbiq etish borasida oshkoralik va shaffoflikni ta’minlashda parlament va jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda, mazkur jarayonda senatorlar, deputatlar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining bevosita ishtirokini nazarda tutish taklif qilinadi.

Samarali profilaktik ahamiyatga ega bo‘lgan amnistiya aktining taklif etilgan toifadagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi ularni tezroq ijtimoiy reabilitasiya qilish va jamiyatga moslashishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish haqida taqdimnoma kiritilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar