“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 11:34
ЎЗO‘Z

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor o‘zgardi

28 sen, 00:07 10 780 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor o‘zgardi
'
Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) kadrlar almashinuvi yuz bergan. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, universitet jamoasi yangi rektor To‘lqin Teshaboyev bilan tanishtirilgan.

Endilikda shu yilning 8 fevralida universitet rektori sifatida ish boshlagan O‘tkir Hamdamov o‘rniga To‘lqin Teshaboyev tayinlangan.

To‘lqin Teshaboyev ilgari Kasaba uyushmalari Federasiyalari Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Muqaddam esa o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistondagi telekommunikasiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlovchi markaz hisoblanadi. Universitetning Farg‘ona, Urganch, Qarshi, Samarqand, Nukus shaharlarida filiallari mavjud. Oliygoh 1955 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti sifatida tashkil etilgan. 2002 yilda universitet maqomini olgan va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlana boshlangan.

Universitet saytidagi ma’lumotga ko‘ra, universitet va uning filiallarida 10242 nafar talaba tahsil oladi. Oliygoh 26ta xorijiy davlatning 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazi, 12 korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 0
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 0
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 0
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Bo‘limlar