“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:04
ЎЗO‘Z

Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi

27 sen, 12:09 13 377 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda kimlar propiska qilinishi mumkinligiga oydinlik kiritildi «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati» ga o‘zgartishlar kiritildi, deyiladi "Kun" nashri xabarida.

O‘zgartishlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 22 avgustda qabul qilinib, 25 avgustda Senat tasdig‘idan o‘tgan, 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunning 21-moddasiga muvofiq kiritildi.

Unga ko‘ra, poytaxt hududida propiska qilinish huquqiga ega bo‘lganlar doirasi toraydi. Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskada bo‘lganlarning faqat eri yoki xotini, voyaga etgan turmush qurmagan farzandlari, o‘zaro va (yoki) ilgarigi nikohdan dunyoga kelgan voyaga etmagan farzandlari hamda asrab olingan farzandlarigina doimiy propiskadan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Norma.uz nashri tomonidan izohlanishicha, muqaddam propiskaga qo‘yilganidan so‘ng uning birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ham doimiy propiska olishi mumkin edi. Masalan, ota o‘z o‘g‘lini propiskaga qo‘ygach, uyga o‘g‘ilning onasi (agarda avval ro‘yxatning 5-bandi bo‘yicha otasining xotini sifatida propiskadan o‘tmagan bo‘lsa), ona tomondan bobosi va buvisi, uning turmush o‘rtog‘i, yoshi va oilaviy holatidan qat’i nazar, barcha farzandlari doimiy ro‘yxatdan o‘ta olar edi.

Endilikda xuddi shunday vaziyatda o‘g‘ilning faqat quyidagi qarindoshlarigina propiskaga qo‘yilishi mumkin: uning rafiqasi, oila qurmagan (uylanmagan va turmushga chiqmagan) voyaga etgan farzandlari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug‘ilgan yoxud nikohsiz tug‘ilgan voyaga etmagan bolalari, shuningdek asrab olingan farzandlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar