“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 23:51
ЎЗO‘Z

Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda

27 sen, 01:26 12 148 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentning Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilmoqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Ayniqsa, nurab qolgan eski uylar o‘rnida yangi binolarni qurish, ko‘p qavatli uylardagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olib, kommunal xizmatlar sifatini oshirish, bu borada iqtisodiy tejamkor usullarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yirik dastur — Sergeli tumanida 2017—2022 yillarda 500 ta ko‘p qavatli uyning bunyod etilishi bilan bog‘liq loyiha ishlab chiqilganiga alohida to‘xtaldi.

Bu turar joylarning bugungi kun talablariga to‘la javob beradigan puxta loyihalar asosida qurilishi, ularni eng zamonaviy infratuzilmalar bilan ta’minlash bo‘yicha mutasaddi rahbarlar va mutaxassislar bilan atroflicha fikr almashdi.

Ta’kidlash joiz, bu ulkan loyihaning amalga oshirilishi qariyb 30 ming oilaning yangi uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish imkonini yaratadi. Shunisi e’tiborliki, uylar oilalarga imtiyozli ipoteka krediti orqali beriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 0
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 27
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 171
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 141
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 254
  • Bo‘limlar