“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:03
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi

24 sen, 16:26 8 077 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda respublika fuqaroligidan mahrum bo‘lish hollariga oydinlik kiritildi. Shu haqdagi qonunni O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev imzolagan.

Unga muvofiq, O‘zbekiston fuqarosi:
- chet davlatda harbiy xizmat, xavfsizlik xizmati, polisiya, adliya idoralari yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirsa;
- chet elda uch yil ichida uzrsiz O‘zbekiston konsulligi hisobida turmasa;
- O‘zbekiston fuqaroligini soxta hujjatlar yoki yolg‘on ma’lumotlar asosida olgan bo‘lsa;
- chet davlat foydasini ko‘zlash, tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar etkazsa;
- xorijiy davlat fuqaroligini olsa, (bunda, u 1 oy muddat ichida O‘zbekiston IIV idoralari yoki xorijdagi konsulligiga fuqaroligini o‘zgartirganini ma’lum qilishi shart) O‘zbekiston respublikasi fuqaroligidan mahrum etiladi.

Shu bilan birga, Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunning 26-moddasiga kiritilgan 5-qismga ko‘ra, chet el fuqarosi mazkur moddaning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan farzandlikka olinsa, o‘z fuqaroligidan chiqqan taqdirdagina, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 224
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 269
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar