“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 18:07
ЎЗO‘Z

"Milliy tiklanish" partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi

16 sen, 12:55 15 465 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Milliy tiklanish" partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi "Milliy tiklanish" Demokratik partiyasi O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqida MSK o‘zining Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Milliy tiklanish" O‘DP Markaziy Kengashining ettinchi plenumida shunga doir qaror qabul qilindi. Partiya Plenumining majlisida "Milliy tiklanish" O‘zbekiston Prezidenti lavozimiga Sarvar Otamurodov nomzodini taqdim qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti saylovlari 2016 yilning 4 dekabrida bo‘lib o‘tadi. Sarvar Sadullaevich Otamuratov 1973 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - oliy. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) a’lo baholarga tamomlagan. 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 2003 yilda esa - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Ijtimoiy fanlar nomzodi. "Milliy tiklanish" O‘zbekiston Demokratik partiyasi (O‘DP) Markaziy Kengashi raisi.

2000 yilda u "Ijtimoiy faol yoshlarning milliy ongi va uning Mustaqil O‘zbekiston sharoitida shakllanishi" (ijtimoiy tahlil) mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan.

1995-2006 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari va Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2006-2010 yillarda sug‘urta kompaniyalarida ishlagan.

2010-2014 yillarda - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati, Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi rais o‘rinbosari. 2015 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatadi, Axborot va kommunikasiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha Qo‘mita a’zosi.

Sarvar Otamurodov bir qator ilmiy monografiyalar va 50dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Oilali. Ikki farzandning otasi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 485
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev... 01 мая, 17:38 2
  • Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi 01 мая, 17:13 1
  • Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi 01 мая, 16:48 16
  • Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi 01 мая, 16:28 56
  • Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas 01 мая, 16:00 39
  • Sharmandaga shahar keng 01 мая, 15:34 175
  • AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi 01 мая, 15:10 21
  • Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin 01 мая, 14:47 158
  • Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi 01 мая, 14:24 38
  • Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi 01 мая, 14:00 56
  • Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y 01 мая, 13:31 102
  • Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi 01 мая, 13:03 288
  • Bo‘limlar