“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:10
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov o‘tadigan sana ma’lum bo‘ldi

09 sen, 16:18 10 540 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov o‘tadigan sana ma’lum bo‘ldi O‘zbekistonda prezidentlik saylovi 2016 yilning 4 dekabrida o‘tkaziladi. Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ma’lum qilgan, deb yozmoqda "Kun" nashri.

Bugun O‘zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 96, 117-moddalari hamda "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga, "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida"gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr, yakshanba kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyilgan xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, shu munosabat bilan O‘zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilning 9 sentyabridan O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilingan.

Markaziy saylov komissiyasi majlisida O‘zbekiston respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

Majlsda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga to‘liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qildi. Matbuot markazi Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy manzili bo‘yicha joylashgan.

Shu kunning o‘zida mahalliy va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar