“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:45
ЎЗO‘Z

Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi

08 sen, 23:34 11 448 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifiga binoan Prezidentlik vakolatlari vaqtincha Shavkat Mirziyoyevga yuklatildi Avvalroq, bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risidagi masala ko‘rilishi lozim edi.

Bugun, 8 sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, taklif etilgan Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA'ga asoslanib Qalampir.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni vaqtincha yuklash to‘g‘risida”gi masala ko‘rib chiqildi.

Qo‘shma majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyevning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimlaridagi ko‘p yillik tajribasini, aholi o‘rtasidagi hurmat-e’tiborini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifa va vakolatlarini bajarishni uning zimmasiga vaqtincha yuklash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi taklif bilan murojaat qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning mazkur taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlari, deputatlar va senatorlar hozirgi sharoitda barqarorlikni saqlash, jamoat xavfsizligini va huquq-tartibotni ta’minlash, mamlakatni rivojlantirishning eng muhim siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini samarali hal etish zarurligini e’tiborga olib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevning taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarishni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev zimmasiga vaqtincha yuklash to‘g‘risida qo‘shma qaror qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishini tashkil etish tavsiya qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi shu bilan o‘z ishini yakunladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar