“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:41
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 640 ming nafar bola 1-sinfga qadam qo‘ydi

04 sen, 09:59 7 265 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 640 ming nafar bola 1-sinfga qadam qo‘ydi 4 sentyabrdan boshlangan yangi 2016—2017-o‘quv yilida 9692 umumta’lim maktablarida 4,7 million nafar o‘quvchi ta’limni davom ettiradi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.

Bu yil 640 ming nafar bola 1-sinfga qadam qo‘yadi. Ularning barchasiga «Prezident sovg‘asi» sifatida taqdim etish uchun 12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar tayyorlanib, ta’lim muassasalariga etkazib berildi.

Bugungi kunda 4-sinf o‘quvchilari uchun ham yangidan yaratilgan chet tili darsliklaridan 1,12 million nusxa va o‘qituvchilar uchun 21 ming nusxa metodik qo‘llanmalar multimediali ilovalari bilan chop etilib, joylarga etkazildi. Bu yildan 4-sinf o‘quvchilarilarga chet tilidan dars beradigan 18 ming nafar chet tili o‘qituvchilarining malakasi oshirildi.

Yangi o‘quv yilida o‘tgan yilga nisbatan ko‘p — 148 nomdagi 26,1 million nusxa darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilib, joylarga etkazildi. Qayd etishlaricha, bu yil qariyb 7000 dan ortiq yosh mutaxassis ilk faoliyatini umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlaydi.

Yangi o‘quv yilining birinchi soatida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan «Xotira darslari» o‘tiladi. Unda Birinchi Prezidentning O‘zbekiston mustaqilligi, xalq ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, ona-yurtga muhabbat, millat oldidagi yuksak xizmatlari yoshlar ongi va qalbiga singdiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar