“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 06:57
ЎЗO‘Z

Ilhom Aliyev: «Ozarbayjonda Islom Karimovni haqiqiy do‘st sifatida bilishadi»

03 sen, 13:59 8 373 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ilhom Aliyev: «Ozarbayjonda Islom Karimovni haqiqiy do‘st sifatida bilishadi» Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshevga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Ozarbayjon rahbari saytiga asoslanib "Gazeta.uz" xabar bermoqda.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, atoqli davlat va ijtimoiy-siyosiy arbob Islom Abdug‘anievich Karimovning vafoti to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qarshi oldim.

Islom Abdug‘anievich Karimov mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti sifatida tarixga kirdi. Davlat mustaqilligi va mamlakat suverenitetining shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi erishilgan muvaffaqiyatlar, qardosh O‘zbekiston xalqining jahon hamjamiyatiga integrasiyasi uning nomi bilan bog‘lanadi", — deyiladi murojaatda.

Ilhom Alievning qayd etishicha, Ozarbayjonda mustaqillik yillarida ko‘ptomonlama ozarbayjon-o‘zbek davlatlararo munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissasini qo‘shgan Islom Karimovni haqiqiy do‘st sifatida biladi va chuqur hurmat qiladi.

«Ushbu qayg‘uli soatlarda og‘ir va o‘rnini qoplab bo‘lmas yo‘qotish munosabati bilan Ozarbayjon xalqi va o‘z nomimdan Sizga, Islom Karimovning qarindoshlari va yaqinlari, qardosh O‘zbekiston xalqiga hamdardlik izhor etaman. Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda doim saqlanib qoladi», — deyiladi hamdardlik maktubida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 513
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 39
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 171
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 103
  • Bo‘limlar