“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:34
ЎЗO‘Z

Nursulton Nazarboyev Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

03 sen, 11:10 8 620 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nursulton Nazarboyev Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevga Prezident Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. Bu haqdagi xabarnoma Oq O‘rdaning rasmiy saytida chop etildi, deb yozmoqda "Daryo "nashri.

«Telegrammada Davlat rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilgani ta’kidlanadi», — deyiladi xabarnomada.

«Qozog‘istonliklar O‘zbekistonning birodar xalqi bilan bevaqt va to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish qayg‘usini bo‘lishadi. Men bilan qariyb 30 yil mobaynida elkama-elka ishlagan do‘stimni yo‘qotganimdan chuqur qayg‘udaman», — deb ta’kidladi Nazarboyev ta’ziyada.

Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga, uning jahon miqyosidagi nufuzini oshirishga, jamiyat farovonligini oshirishga yordam bergan keng miqyosli o‘zgarishlarning amalga oshirilishi Islom Karimov nomi bilan bog‘liqligini alohida qayd qilib o‘tdi.

«U butun hayotini o‘z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga bag‘ishladi, u har doim Qozog‘istonning ishonchli do‘sti bo‘ldi va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shdi. Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasi qalbimizda manguga qoladi», — deyiladi telegrammada.

So‘zining yakunida Nursulton Nazarboyev Islom Karimovning qarindoshlari va yaqinlariga, shuningdek, O‘zbekiston hukumatiga va xalqiga samimiy hamdardlik va qo‘llab-quvvatlash so‘zlarini etkazishni so‘radi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar