“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:47
ЎЗO‘Z

Lola Karimova o‘zbekistonliklarga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi

31 avg, 16:39 11 419 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova o‘zbekistonliklarga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva o‘zbek xalqini Mustaqillikning 25 yillik bayrami bilan tabrikladi va o‘zining feysbukdagi sahifasida yurtdoshlarimizga samimiy tilaklar bildirdi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.

"Aziz yurtdoshlar, sizni barchamiz uchun qadrli ayyom – O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman!

Men bizning bag‘rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli xalqimizga baxt-saodat va faravonlik tilayman! Saxovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman.

Azizlar, ushbu fursatdan foydalanib, men barchangizga Prezidentimizning tez shifo topishlarini istab bildirgan samimiy tilaklar va ezgu niyatlaringiz uchun chin qalbimdan o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu bizlar uchun juda ahamiyatlidir, nihoyatda samimiy va dildan chiqqan tilaklar va so‘zlar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman. Sizlarga katta rahmat, azizlar!"




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 535
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar