“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 00:12
ЎЗO‘Z

Lola Karimova-Tillyaeva: “Samimiy va chin dildan chiqqan tilaklar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda”

31 avg, 11:57 11 271 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova-Tillyaeva: “Samimiy va chin dildan chiqqan tilaklar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda” Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali Prezident Islom Karimovning salomatligi bilan bog‘liq gap-so‘zlarga oydinlik kiritib, odamlardan turli bo‘htonlarga ishonmaslikni iltimos qilgan edi.

Bugun, 31 avgust kuni Lola Karimova-Tillyaeva yana O‘zbekiston xalqiga yuzlandi. Ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilar orqali butun O‘zbekiston ahlini O‘zbekiston Respublikasi Mutaqilligining 25 yilligi bilan muborakbod etgan Karimova-Tillyaeva odamlarga minnatdorchilik bildirdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Aziz yurtdoshlar, sizlarni barchamiz uchun qadrli ayyom – O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman. Men bizning bag‘rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli xalqimizga baxt-saodat va farovonlik tilayman. Sahovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman.

Azizlar, ushbu fursatdan foydalanib, men barchangizga Prezidentimizning tez shifo topishlarini istab bildirgan samimiy tilaklar va ezgu niyatlaringiz uchun chin qalbimdan o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu bizlar uchun juda ahamiyatlidir. Ushbu nihoyatda samimiy va chin dildan chiqqan tilaklar va so‘zlar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman. Sizlarga katta rahmat, azizlar”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyaeva.

Darhaqiqat, bugun ko‘cha ko‘yda bo‘ladimi yoki ijtimoiy tarmoqlardami odamlar tilida faqat bir gap: Prezidentning tani sog‘, boshi omon bo‘lsin. Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston yoshlarining yozib qoldirayotgan tilaklari, Prezident sha’niga bitilgani she’rlarini o‘qigan kishining qalbi g‘urur va iftixorga to‘ladi. Prezident Islom Karimovning sog‘ayib, oyoqqa turishini kutayotgan millionlab keksayu yosh sahardan qo‘lini duoga ocharkan, yurtga tinchlik, yurtboshiga omonlik tilamoqda. Chin dildan qilingan niyatlar esa albatta, ijobat bo‘ladi!




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 141
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 544
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 46
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 234
  • Bo‘limlar