“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:31
ЎЗO‘Z

Feysbuk foydalanuvchisi prezidentning sog‘ligi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqatayotgan xorij nashrlarini inkor etishga chaqirdi

31 avg, 03:17 9 919 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Feysbuk foydalanuvchisi prezidentning sog‘ligi to‘g‘risida asossiz xabarlar tarqatayotgan xorij nashrlarini inkor etishga chaqirdi Feysbuk foydalanuvchisi Doniyor Ro‘zmetov o‘z sahifasida xorij nashrlarida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning salomatligi borasida asossiz va yolg‘on xabarlar tarqatilganiga javoban post qoldirdi. U ijtimoiy tarmoqdagi vatandoshlar, axborot tarqatuvchi saytlardan o‘z mulohazalarini qayta nashr etishni so‘ragan. Bu haqda "Kun" xabar bermoqda.

Quyida matn o‘zgartirishlarsiz keltirilgan.

Fransiya prezidenti Fransua Olland kechasi Parij ko‘chalari bo‘ylab skuterda sayrga chiqib ketganida, bu Fransiyada bahs va munozaralarga sabab bo‘lgan edi. Insonlar «Prezident yonida o‘zini qo‘riqlash uchun etarlicha qo‘riqchilar bilan birgalikda sayohat qildimi yoki bitta o‘zi sayrga chiqib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ydimi?» degan savollar bilan o‘z xavotirlarini izhor etishgan edi. Bu kabi bahs va munozaralar Barak Obama va boshqa davlatlardagi prezidentlarning xavfsizligi yuzasidan ham yuz bergan. Chunki davlat rahbari, armiyaning oliy bosh qo‘mondoni va xalqning yo‘lboshchisining hayoti xavf ostida qolishi mumkin emas deb hisoblanadi.

Xuddi shu kabi bahs-munozaralar dunyo mamlakatlari va hukumat rahbarlarining sog‘ligi yuzasidan ham bo‘lib turadi. Bir paytlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir haftacha televizorda ko‘rinmay qolganida butun dunyoda vahimalar va xavotirlar urchib ketgan edi. Shunday paytda davlatning do‘st va dushmanlarini bilib olish juda oson bo‘ladi.

Bir tomonda do‘st davlatlar xavotirga tushsalar, boshqa tomondan dushman davlatlar (va manfaatdor kuchlar) ko‘rinmay qolgan davlat rahbari haqida har xil mish-mishlarni tarqatib, xalq orasida parokandalik keltirib chiqarishga harakat qiladilar. O‘shanda RF prezidentining ma’muriyati masalaga oydinlik kiritib, “xavotirga o‘rin yo‘qligi”ni aytgan va o‘z xalqini tinchlantirgan edi. Oradan bir-ikki kun o‘tib, davlat etakchisi televidenieda ko‘rinish berishi bilan dunyo sharhlovchilari darrov “Ana, biz haq bo‘lgan ekanmiz”, “uning yuzlari oqargan”, “ovozi xirillagan”, “yursa oqsayapti” va hokazolar deb o‘zlarining o‘ylab topgan mish-mishlariga isbotlar qidirish bilan ovora bo‘lgan edilar. Vaqt ularning nohaq bo‘lganini keyinchalik ko‘rsatgan edi…

…Prezidentlarning salomatliklari mavzusi dolzarb mavzu bo‘lsa, insonlarning axborot olish huquqlari va oshkoralik tamoyillari ham xuddi shunday muhim hisoblanadi. Shu sababdan, demokratik yo‘lni tanlagan davlatlar har xil mish-mishlarning oldini olish va o‘z fuqarolarining fundamental huquqlarini himoya qilish maqsadida xalqqa prezident salomatligi haqidagi xabarlarni o‘zlari oshkora taqdim etadi. Bugun O‘zbekistonda xuddi shunday bo‘ldi.

O‘zbekiston rahbari mustaqillik tantanalari arafasida salomatligini to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish va zarur davolanish muolajalarini olish maqsadida shifoxonaga joylashganligi haqida Vazirlar Maxkamasi xabar tarqatdi.

Buning orqasidan kutilganiday manfaatdor taraflar o‘zlaricha har xil taxminlarni taqdim etib, xalqni xavotirga solishga intila boshladi. Lekin ularning niyatlari puchga chiqqanligi bir zumda aniq bo‘lib koldi. Chunki xabar chiqqan ilk onlardanoq ijtimoiy tarmoqlarda barcha insonlar o‘zlarining prezidentimizga xayrixoh ekanliklarini bildirib, unga sog‘lik-salomatlik va uzoq umr tilay boshlashdi.

O‘zbek xalqi ming yillik tarixga ega, boshidan ko‘p kunlarni kechirgan dono xalq. Shu sababdan yurtdoshlarimiz bunday mas’uliyatli damlarda shovqin solish va xavotirga berilish emas, aksincha xotirjamlikni saqlash lozimligini yaxshi biladilar. Menimcha, eng to‘g‘ri yo‘l ham — shu.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar