“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:44
ЎЗO‘Z

Kreml Islom Karimovning salomatligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

30 avg, 14:01 20 262 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kreml Islom Karimovning salomatligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi Rossiya prezidentining matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov Kreml O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning sog‘lig‘i haqidagi xabarlar tufayli chuqur tashvishdaligini bildirdi va prezidentga sog‘lik tiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabariga asoslanib «Kun» nashri ma’lum qildi.

«Biz O‘zbekiston prezidentining betobligidan chuqur tashvishdamiz. Moskva rasmiylari nomidan Islom Karimovning tez orada sog‘ayib ketishini tilayman.

Biz hozirda faqat OAVdagi va diplomatik kanallardan kelayotgan xabarlargagina egamiz», degan Peskov.

U shuningdek, O‘zbekistonda vaziyat chigallashishi mumkinligi haqida bildirilayotgan taxminlarni «mulohazasizlik» deb atagan va bunday taxminlarga fikrini bildirgan.

«Yana bir bor qaytaraman, biz O‘zbekiston prezidentining tezda sog‘ayib ketishini tilaymiz. Biz o‘zaro munosabatlarni qadrlaymiz, yaqinda Karimovning Rossiyaga tashrifi doirasida tuzilgan rejalar ham ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlikdan nishona bo‘lgandi. O‘zbekistondan ijobiy xabarlar kutib qolamiz», deya qo‘shimcha qilgan u.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov stasionar davolanishda ekanini ma’lum qildi.

Bugun esa Lola Karimova-Tillaeva prezidentning ahvoli barqarorligini bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar