“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:25
ЎЗO‘Z

Lola Karimova-Tillaeva prezidentning ahvoli haqida ma’lumot berdi

29 avg, 23:12 24 906 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lola Karimova-Tillaeva prezidentning ahvoli haqida ma’lumot berdi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning ikkinchi qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘z otasining ahvoli haqida xabar berib, prezidentning holati ayni vaqtda barqaror ekanini bildirgan. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

"Turli xil gap-so‘zlarning oldini olish maqsadida bizning oilada o‘tgan haftaning oxirida sodir bo‘lgan qayg‘uli voqea haqida ushbu sahifam orqali sizga ma’lumot bermoqchiman.

Shanba kuni adamlar miyaga qon quyilish tashxisi bilan shifoxonaga olib kelindilar. Hozir ular reanimasiya bo‘limida tibbiy muolajalar olmoqdalar. Hozirgi paytda holatlari shifokorlar tomonidan barqaror deb baholanmoqda. Ayni paytda kelgusidagi sog‘liqlari borasida qandaydir taxminlar qilishga erta.

Men sizlardan turli xil gap-so‘zlardan yiroq bo‘lib, oilamizning shaxsiy hayotiga xurmat bilan munosabatda bo‘lishingizni iltimos qilaman.

Ushbu damlarda otamni o‘z duolari bilan qo‘llab-quvvatlovchi barcha insonlarga o‘zimning cheksiz minnatdorchiligimni izhor etaman", deyilgan feysbukdagi postda.

Postga quyidagi fotosurat ilova qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning stasionar davolanishda ekanini ma’lum qildi.

“Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, to‘liq tibbiy ko‘rik talab etiladi”, deyilgan xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 554
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 144
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar