“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 11:22
ЎЗO‘Z

Toshkent – Andijon poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi

29 avg, 14:00 8 095 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent – Andijon poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi Mustaqillikning yigirma besh yillik bayrami arafasida qurilishi yakunlangan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali 27 avgust kuni yo‘lovchi poezdi Toshkentdan Andijonga yo‘l oldi. Bu haqda "Darakchi" nashri xabar bermoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov 2013 yil 26 aprel kuni xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Angren – Pop yo‘nalishida elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgani, 2016 yilda bu temir yo‘l qurib bitkazilishi va poezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.

Ana shu so‘zlarning isboti sifatida qisqa vaqtda 123,1 kilometrlik Angren – Pop temir yo‘li va uning tarkibida 19,2 kilometrlik Qamchiq tunneli qurib bitkazildi.
2016 yil 22 iyun kuni O‘zbekiston va Xitoy hamkorligining yirik loyihasi ijrosi bo‘lgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li hamda Qamchiq tunnelining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin ishtirok etdi.

Bu bilan mamlakatimizda yaxlit, mustaqil va zamonaviy temir yo‘l tizimi yaratildi. Ulkan strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur loyiha mamlakatimizning kommunikasiya va transport sohasida erishgan taraqqiyoti darajasini namoyon etdi.

Mazkur yo‘l Farg‘ona vodiysi viloyatlariga poezdda yuk va yo‘lovchi tashish imkonini beradi. Shu bilan birga, Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa yangi xalqaro tranzit temir yo‘l koridorining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonning chet davlatlarga chiqish va eksport imkoniyatini, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshiradi.

...Poezd Angren, Pop, Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlaridan o‘tib, Andijon shahriga etib keldi. Bu erda hozir bo‘lganlar mehmonlarni karnay-surnay va gullar bilan kutib oldi.

Andijon temir yo‘l vokzalida ushbu voqea munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi F.Dadaxo‘jaev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi O.Ramatov, Namangan davlat universiteti professori T.Fayzullaev, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori S.Foziljonova va boshqalar Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li va Qamchiq tunnelining foydalanishga topshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati yanada taraqqiy etishiga, xalqimiz turmush farovonligi bundan-da yuksalib, Vatanimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortishiga xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.Zokirov so‘zga chiqdi.

Shu kuni poezd Andijondan poytaxtimizga qaytib keldi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 387
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 209
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 0
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 0
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 0
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 0
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 22
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 9
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 19
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 84
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 463
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 101
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 158
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 135
  • Bo‘limlar