“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:57
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi

24 avg, 17:31 7 043 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi “Haj” va “umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tomonidan “Haj-2016” mavsumini yuqori saviyada va uyushqoqlik bilan o‘tkazish yuzasidan amaliy ishlar tashkil etilmoqda, deb xabar bermoqda "Darakchi" nashri.

Safar oldidan barcha ziyoratchilar joylardagi markazlashgan tibbiyot punktlarida meningit va grippga qarshi zardob bilan emlandilar. Guruhlar tarkibida ziyoratchilar bilan safar davomida haj amallarini bajarish, xavfsizlik choralariga rioya qilish, salomatlikni asrash yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi. Ziyoratchilarga davlatimiz ramzlari aks ettirilgan maxsus kiyim va sumkalar, “Hajnoma” kitobchasi va videotasmalar taqdim etildi.

2016 yil 24 avgust - 4 sentyabr kunlari o‘zbekistonlik 5200 nafar ziyoratchilarni “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning charter reyslarida Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Namangan-Madina va Urganch-Madina yo‘nalishlarida haj safariga jo‘natish tashkil etiladi.

Joriy yilning 24 avgust kuni soat 8.10 va 9.40da o‘zbekistonlik ziyoratchilarning 470 nafardan iborat dastlabki guruhlari ikkita reysda Toshkent-Madina yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoni Podshohligiga uchib ketdi. Ziyoratchilarni kuzatishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Bo‘lajak hojilar uchun mehmonxona, tibbiy markaz, oshxonalarni tayyorlash va zarur tashkiliy ishlarni amalga oshirish uchun 10 nafar ishchi guruhi a’zolari Saudiya Arabistoniga safarbar etilgan. O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Madina shahrida “Masjid an-Nabaviy”dan 150 metr masofada joylashgan “Javharat ar-Roshid”, Makka shahrida esa “Masjidi Haram”dan 5000 metr masofadagi to‘rt yulduzli “Abroj al-Hidoya” mehmonxonasi ijaraga olingan.

Mehmonxonalarda har bir xona muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, kondisionerlar bilan jixozlangan. Ziyoratchilar uchun foye va xonalarda o‘zbek tilida yo‘l ko‘rsatkichlar va zarur ma’lumotlar qo‘yilgan. Makka shahrida ziyoratchilarning “Masjidi Haram”ga borishlari uchun mehmonxonadan avtobuslarning uzluksiz qatnovi tashkil etilgan.

Mohir oshpazlarimiz ziyoratchilarimizga uch mahal issiq milliy taomlar bilan bahramand qilishlari uchun zarur sharoitlar hozirlab qo‘yildi. Ziyoratchilarimizga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida, mehmonxonalarning o‘zida tibbiyot punktlarining faoliyati va shifokorlarning uzluksiz navbatchilik asosida ish olib borishlari tayyorlab qo‘yilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 67
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar