“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 23:10
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda Mustaqillik kunida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi

23 avg, 10:21 7 418 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda Mustaqillik kunida xavfsizlik choralari kuchaytiriladi O‘zbekistonda Mustaqillik kuni arafasida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha choralar kuchaytiriladi. Bu haqda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Tursunpo‘lat Toshpo‘latov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida vazirlikning huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, yong‘in, yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmalari, xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, „Qo‘riqlash“ birlashmasi va boshqa xizmatlarning xodimlari tomonidan tegishli tashkiliy profilaktik ishlar bajarilmoqda», — dedi vazir o‘rinbosari.

«Mamlakatimizning har bir go‘shasi, ayniqsa, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e’tiborida. Xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilayotir. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari faol ishtirok etmoqda. Tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar o‘z vaqtida bartaraf etilayotir», — qayd etdi u.

Tursunpo‘lat Toshpo‘latovning ta’kidlashicha, bayram oldidan barcha tuman, shahar, mahalla va ovullarda ichki ishlar organlari xodimlari va «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi vakillaridan iborat guruhlar tashkil etildi. Ular aholi tinchligini saqlashga oid zarur choralarni ko‘rish bilan birga jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyat sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash va ularga jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda profilaktik ta’sir ko‘rsatishga oid vazifalarni samarali ado etmoqda.

Patrul-post va jamoat tartibini saqlash xizmati tomonidan aholi gavjum joylarda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shubhali shaxslar aniqlanganda ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish, jamoat tartibini buzish holatlari uchraganda uni darhol bartaraf etish choralari yanada kuchaytirilgan. Bayramoldi chora-tadbirlari davomida 8 mingga yaqin huquqbuzarlik aniqlanib, joyida bartaraf etildi.

«Shahar va qishloqlarimizning sanitariya holati, ko‘chalarning yoritilishi bilan bog‘liq holatlar ham soha xodimlarining e’tiboridan chetda qolgani yo‘q. Bu borada uchragan kamchiliklar yuzasidan obodonlashtirish va elektr tarmoqlari korxonalariga olti yuzga yaqin taqdimnoma kiritildi. Natijada kamchiliklar bartaraf etilib, aholiga qulayliklar yaratildi», — IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda O‘zA.

25 mingga yaqin aholi turar joyi, 1000 ga yaqin ko‘p qavatli uyning yong‘inga qarshi holati tekshirildi. Olib borilayotgan profilaktik ishlar natijasida yong‘in xavfsizligi talablarini buzgan 1500 dan ziyod fuqaro va mas’ul shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.

«Istiqlolimizning chorak asrlik ayyomi arafasida poytaxtimiz, barcha viloyatlarda yo‘llar obodligiga e’tibor yanada kuchaydi. Yo‘llar kengaytirilib, zamon talablari asosida qayta bunyod etilib, ularda fuqarolar xafsizligini ta’minlash choralari ta’minlanayotir. Chunonchi, avtomobillar harakatining qarama-qarshi yo‘nalishlarini ajratuvchi to‘siqlar, alohida piyodalar yo‘laklari barpo etilgani juda katta qulayliklar yaratdi. Bundan tashqari, markazlashgan ko‘chalarda avtomobillar harakatini kuzatish va tartibga solishga qaratilgan videokuzatuv moslamalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarining keskin kamayishini ta’minlamoqda. Soha xodimlari barcha ko‘chalarda, xususan, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llarda xavfsizlik choralarini kuchaytirgan. Ulardagi yo‘l belgilari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilmoqda», — qayd etdi Tursunpo‘lat Toshpo‘latov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bayram munosabati bilan poytaxtda xavfsizlikni yanada kuchaytirish maqsadida transport vositalari yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Bayram arafasida va bayram kunlari poytaxtga kirib kelayotgan transport vositalari qatnovi biroz cheklanishi ham mumkin.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 116
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 146
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 564
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 146
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 127
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 0
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 0
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 0
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 2
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 16
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 20
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 67
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 55
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 156
  • Parhezshunos tvorog iste’moli borasida ogohlantirdi 08 мая, 20:46 36
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 390
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 359
  • Bo‘limlar