“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:06
ЎЗO‘Z

Qarshi-Buxoro trassasidagi ko‘prik ortiqcha yuklanishlardan buzilgani ma’lum qilindi

12 avg, 07:22 8 022 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qarshi-Buxoro trassasidagi ko‘prik ortiqcha yuklanishlardan buzilgani ma’lum qilindi A-380 Qarshi-Buxoro trassasining 185-kilometridagi ko‘prik ortiqcha yuklanishlar va eskirib qolgan konstruksiya sababli buzilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Respublika yo‘l jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Shuhrat Davlatyorov ma’lum qildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Eslatib o‘tamiz, bir oy oldin ko‘prikning 5 ta ustunidan biri undan yuk mashinasi o‘tayotganda qulagan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagandi.

Davlatyorovning aytishicha, 1965 yilda qurilgan ko‘prikdan foydalanish muddati 30 yilga, o‘q bo‘yicha yuklanishni ko‘tarishi esa 10 tonnani ko‘tarishga mo‘ljallangan bo‘lgan. Eskirib qolgan ko‘prik tashqi yuklanishlarni ko‘tara olmagan.

"Hozirgi kunda yo‘llar jahon standartlari bo‘yicha 50 yillik foydalanishga mo‘ljallab qurilmoqda. O‘zbekistonda o‘q bo‘yicha yuk ko‘tarishi 13 tonna bo‘lgan 341 km yo‘l o‘tkazilgan. Bundan tashqari, Qo‘qon, Toshkent, Bo‘ka, Guliston, Kattaqo‘rg‘on va Buxoroda 228 km aylanma yo‘llar o‘tkazilgan", deb ma’lumot berdi Davlatyorov.

"Buzilgan ko‘prik mahalliy korxonalar kuchi bilan rekonstruksiya qilinadi. Rekonstruksiya ishlari bu yil boshlanadi", deb qo‘shimcha qildi Davlatyorov.

Hozirda ko‘prik avariyaviy holatda deb hisoblanib, undan faqatgina yengil avtomobillar o‘tishiga ruxsat berilgan. Yuk mashinalarining ko‘prikdan o‘tishi cheklab qo‘yilgan, ular boshqa yo‘llardan foydalanishmoqda. Misol uchun, Navoiy orqali o‘tuvchi trassa bor.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 139
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 543
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 136
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 122
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar