“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 16:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda sayg‘oqlar uchun kompleks qo‘riqxona tashkil etiladi

24 iyul, 17:30 8 984 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda sayg‘oqlar uchun kompleks qo‘riqxona tashkil etiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hududida «Sayg‘oqlar uchun» kompleks landshaft qo‘riqxonasi tashkil etiladi. Bu haqda, «Gazeta.uz»ga asoslani «Daryo» xabar bermoqda.

Qo‘riqxonaning tashkil etilishi Vazirlar Mahkamasining 22 iyuldagi «Kompleks (landshaft) qo‘riqxonalarni tashkil etish va ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan. «Sayg‘oqlar uchun» qo‘riqxonasi negizida tashkil etilayotgan davlat tabiatni muhofaza qilish muassasasi uchun 628,3 ming gektar er ajratilishi nazarda tutilgan bo‘lib, bu hudud besh uchastkaga bo‘linadi. Bu uchastkalar sayg‘oqlar va boshqa turdagi jonivorlarning yashashi uchun eng qulay sharoit bor hududlar sifatida tanlab olingan. Bu erlarda sayg‘oqlar an’anaviy tarzda tirikchilik qilib kelgan o‘tloqlar va suv manbalaridan iborat.

Bundan tashqari, xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida 219,8 ming gektar hududda qo‘riq zonasi yaratish ko‘zda tutilgan. Yuridik va jismoniy shaxslarning qo‘riq zonasida joylashgan erlari musodara qilinmaydi.

Kompleks qo‘riqxona faoliyatining moliyalashtirilishi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Respublika hayvonot va o‘simlik dunyosini asrash va ulardan oqilona foydalanish davlat inspeksiyasi byudjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qo‘riqxonaning yaratilishi sayg‘oqlar va boshqa noyob jonivorlar adadini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Bu «Biologik xilma-xillik to‘g‘risida»gi hamda «Ko‘chib ketayotgan yovvoyi hayvon turlarini asrash to‘g‘risida»gi konvensiyalar, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasidagi sayg‘oqlarni asrash, adadini qayta tiklash va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha kelishuvi doirasidagi qo‘shma tadbirlar rejasi bo‘yicha O‘zbekiston o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan bir qismi bajarilishi bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 532
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 48
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 62
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 40
  • Bo‘limlar