26 iyun, yakshanba kuni Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegara zonasida magnitudasi 6,3 ga teng zilzila yuz berdi. Bu haqda Evropa—O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi va AQSh Geologiya xizmati xabar bermoqda.
Zilzila episentri Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridan taxminan 390, O‘sh shahridan 122 kilometr uzoqlikda joylashgan. Evropa—O‘rtaer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 20 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
«Daryo» nashri ma’lum qilishicha, zilzila kuchi Toshkent va Andijon shaharlarida taxminan 3 ballni tashkil etgan.