“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 14:55
ЎЗO‘Z

Islom Karimov Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi

24 iyun, 11:49 8 513 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom Karimov Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 23 iyun kuni kechqurun Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti ishtirokchilari uchun uyushtirilgan konsertdan so‘ng Ko‘ksaroyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

"Kun" nashri xabariga ko‘ra, prezidentlar O‘zbekiston-Rossiya munosabatlariga doir keng ko‘lamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Islom Karimov Vladimir Putin bilan muloqot chog‘ida ushbu uchrashuv O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro va ko‘p tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi, mamlakatlarimiz strategik sheriklikni rivojlantirish yo‘lidan borayotganining yaqqol namoyoni ekanini alohida ta’kidladi.

Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida amalga oshirilgan ishlarga yuksak baho berdi. ShHT sammiti asnosida bo‘ladigan muzokaralar barcha sohalarda mintaqaviy hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

«Hindiston va Pokiston kabi ikki yirik mamlakatning ShHTga domiy a’zolikka haqiqatdan ham qayd etilishi… tashkilot hayotida katta hodisa bo‘ladi. So‘zsizki, mazkur hodisa aynan Toshkentda sodir bo‘lishi bilan tashkilotimiz tarixiga kiradi», — deya Vladimir Putin so‘zidan iqtibos keltiradi Kreml sayti.

Bundan avval O‘zbekiston prezidenti Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari hamda Hindiston bosh vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazgandi.

ShHT sammiti ishtirokchilari Toshkentdagi Xalqaro anjumanlar saroyida ularning sharafiga tashkil etilgan konsertga tashrif buyurishdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 6
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 24
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 75
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 24
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 63
  • Bo‘limlar