“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:16
ЎЗO‘Z

O‘zbekictondagi barcha OTMlarda qabul komissiyasi ish boshladi

20 iyun, 11:25 8 466 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekictondagi barcha OTMlarda qabul komissiyasi ish boshladi O‘zbekistondagi Oliy ta’li muassasalari yangi 2016-2017 o‘quv yili uchun abiturientlarning hujjatlarini qabul qilishni boshladi. Hujjatlarni qabul qilish 20 iyulga qadar davom etadi, deyiladi "Kun" nashrida.

Universitet va institutlarda qabul komissiyalari ertalabki soat 09:00 dan soat 18:00 gacha ishlamoqda.

Joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 476 mingdan ortiq o‘quvchi umumta’lim maktabini bitirdi.

O‘tgan yili OTMlarga 550 ming abiturient hujjat topshirgan, 2014 yilda bu ko‘rsatkich 543 ming nafarni tashkil qilgan.

Kirish imtihonlari 1 avgust kuni o‘tkaziladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, bakalavriatga qabul qilish uchun abiturientlardan so‘raladigan hujjatlar ro‘yxati

1. Rektor nomiga ta’lim yo‘nalishini, o‘qish olib boriladigan til va shaklni ko‘rsatgan holda ariza. Arizada oliy ma’lumoti yo‘qligi/oliy o‘quv yurtini tamomlamaganligi to‘g‘risidagi, abiturient test sinovlarini qaysi tilda topshirmoqchi ekanligi to‘g‘risidagi hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari bilan hamda javob varaqlarini to‘g‘ri to‘ldirish tartibi bilan tanishgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

2. O‘rta ta’lim muassasasini (11-sinf), o‘rta maxsus ta’lim muassasasini, akademik liseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi hujjat.

3. Tibbiy ma’lumotnoma (086-U-shakl).

4. Pasportning ko‘chirma nusxasi (pasport olish yoshiga etmagan shaxslar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi).

5. 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 ta rangli fotosurat.

6. O‘qishga tanlovsiz kirish huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari uchun).

7. Mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma, ish joyidan tavsifnoma (ta’limning sirtqi shakli bo‘yicha o‘qishga kirayotgan abiturientlar uchun).

8. O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun Qurolli Kuchlar bo‘linmalari tavsiyanomalarining asl nusxalari (muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar uchun).

Abiturient pasporti (pasport olish yoshiga etmagan shaxslar esa tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini) va harbiy bilet (harbiy hisobda turganlik guvohnomasini) qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatadi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarning tavsiyanomalari olingan paytidan e’tiboran 3 yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abiturientlar tegishli tavsiyanomani ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Abiturientlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi. Abiturientga hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan hujjatlar bo‘lgan taqdirda qabul komissiyasi ularni qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Kunduzgi, maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari, Qabul to‘g‘risidagi nizomga asosan 3 tilda, o‘zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston respublikasida) va rus tillarida, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyul va 1 avgust kuni bir vaqtda o‘tkaziladi (*bilan ko‘rsatilgan sana harbiy oliy ta’lim muassasalariga tegishli).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 534
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar