“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:32
ЎЗO‘Z

Evro-2016 o‘yinlarini UzReport TV orqali O‘zbekistondagi barcha hududlarda kuzatish imkoni paydo bo‘ldi

18 iyun, 13:57 7 795 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Evro-2016 o‘yinlarini UzReport TV orqali O‘zbekistondagi barcha hududlarda kuzatish imkoni paydo bo‘ldi Futbol bo‘yicha Evropa chempionatiga (Evro-2016) O‘zbekistondagi keng audiyatoriyaning katta qiziqishini inobatga olgan holda UzReport TV telekanali mazkur musobaqani eksklyuziv translyasiya qilish huquqini qo‘lga kiritdi va hozirda Evro-2016 bahslari to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinmoqda. Bu haqda "Kun.uz" xabar berdi.

Ko‘plab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olgan holda, UzReport TV telekanali Evro-2016 o‘yinlarini 17 iyundan boshlab O‘zbekistondagi hududiy telekanallarda retranslyasiya qilish bo‘yicha O‘EOAVMA bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Shu tariqa Evro-2016 o‘yinlarini endi quyidagi hududiy telekanallar orqali tomosha qilish mumkin bo‘ladi: «Muloqot TV» (Qo‘qon), «Ruxsor TV», «Marg‘ilon TV» (Marg‘ilon), «Jizzax TV» (Jizzax), STV (Samarqand), «Istiqlol TV» (Buxoro), «Nasaf TV» (Qarshi), «Ishonch TV» (Termiz), «Ellikqal’a TV» (Qoraqalpog‘iston).

Bu holat viloyatlardagi muxlislar uchun Evro-2016 bahslarini nafaqat sun’iy yo‘ldosh orqali yoki IPTV xizmatidan foydalangan holda, balki mahalliy telekanallar orqali ham tomosha qilish imkoniyatini taqdim qiladi.

O‘zaro kelishuvga ko‘ra hududiy telekanallar har kuni soat 23:45da boshlanadigan o‘yinlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri retranslyasiya qiladi. Soat 20:45da boshlanadigan uchrashuvlar esa tungi soat 01:45da yozib olingan holda namoyish qilinadi.

UzReport TV telekanali Evro-2016 turniridan 58ta o‘yinni translyasiya qilish huquqini sotib olgan. Bunda 45 ta o‘yin to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyada, guruh o‘yinlarining bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tadigan 6ta uchrashuvi yozib olingan holda, guruh bosqichidan keyingi 7ta o‘yini (chorak finallar, yarim finallar va final) qo‘shimcha takrorlari bilan ko‘rsatiladi.

Ayni paytda telekanalni O‘zbekiston kabel televideniesi (O‘KT), “UzDigital TV”, “Stars TV”, “IPTV”, “Vodiy Sadosi Yoshlar teleradiokompaniyasi” (YoTRK) abonentlari hamda www.mediabay.tv internet-resursi foydalanuvchilari ko‘rishlari mumkin.

2015 yilning 1 dekabridan boshlab telekanal sun’iy yo‘ldosh orqali namoyish qilina boshlandi va uni sun’iy yo‘ldosh antennalari egalari ham O‘zbekiston hududida, ham Evroosiyoning boshqa mamlakatlari hududida ko‘rishlari mumkin.

UzReport TV telekanali signalini qabul qilish uchun texnik ko‘rsatkichlar

Sun’iy yo‘ldosh — «Yamal 401», Ku diapazonining 90 daraja shimoliy nuri;
Qabul chastotasi — 11,505705 GGs;
Simvol tezligi — SR = 2280 ksps;
Modulyasiya — DVB-S QPSK 1/2;
Qabul polyarizasiyasi — vertikal;
Ajrata olish o‘lchami — standart (720 x 576i);
Kompressiya — MPEG-4;
Tavsiya qilingan antenna diametri — 100 santimetrdan ortiq.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 102
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 109
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 208
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 140
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 171
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 225
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar