“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Rossiya va O‘zbekiston vakillari to‘qimachilik qo‘shma korxonasi tashkil qilish yuzasidan muhokama o‘tkazdi

11 iyun, 13:18 7 965 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya va O‘zbekiston vakillari to‘qimachilik qo‘shma korxonasi tashkil qilish yuzasidan muhokama o‘tkazdi 10 iyun kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Evtuxov boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lumot bergan, deyiladi "Kun" nashri.

Delegasiya O‘zbekistonga qo‘shma korxona tuzish va yarim-tayyor mahsulotlar etkizib berish masalalarini muhokama qilish maqsadida kelgan.

Rossiya delegasiyasi 2 kunlik tashrif davomida O‘zbekiston hukumati vakillari, vazirliklar va sanoat birlashmalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Birinchi kuni O‘zbekiston respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi rahbari Elyor G‘aniev bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tomonlar to‘qimachilik va ko‘nchilik (teri mahsulotlari ishlab chiqarish) sanoati sohasida hamkorlik qilish, Rossiyaga paxta tolasi va ip-gazlama etkazib berishni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishgan.

Delegasiya tarkibida Rossiyaning bir necha to‘qimachilik kombinatlari vakillari bor.

"Rossiya uchun O‘zbekiston yengil sanoat sohasida strategik hamkor hisoblanadi. 2015 yilda Rossiya O‘zbekistondan 150 mln dollarlik paxta tolasi import qilgan. Bu 73,7 ming tonna mahsulot va bu Rossiya paxta tolasi importining 60 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelganini anglatadi. Uchrashuvda biz Rossiya hududida qo‘shma korxona tashkil qilish imkoniyatini o‘rganib chiqdik. Ushbu korxona O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik yarim-tayyor mahsulotlari asosida yuqori qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Bu esa Rossiyadagi korxonalarga xomashyoni arzon narxlarda xarid qilish va sifatni ta’minlashga imkon beradi", degan Viktor Evtuxov.

Rossiya delegasiyasi O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov bilan ham uchrashadi. Undan tashqari delegasiya O‘zbekistondagi bir necha paxta zavodlariga tashrif buyurishni rejalashtirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 529
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 135
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 144
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 174
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar