“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:37
ЎЗO‘Z

1 iyuldan shahar telefon aloqasi narxlari oshadi

10 iyun, 14:40 8 057 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
1 iyuldan shahar telefon aloqasi narxlari oshadi 1 iyuldan O‘zbekistonda mahalliy telefon aloqasi hamda mamlakat ichida va xorijga telegramma yuborish xizmati uchun yangi tariflar o‘rnatildi, deyiladi "Kun" nashrida.

Universal telekommunikasiya xizmatlari uchun yangilangan narxlar (preyskurant) 30 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlandi. «O‘zbektelekom» kompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, tariflar aholiga sifatli xizmatlarni taqdim etish va ularni ko‘rsatishdagi sarf-xarajatlarni qoplash maqsadida oshirildi.

Vaqtbay to‘lov asosida shahar telefonidan foydalanganlik uchun aholidan olinadigan oylik abonent to‘lovi 2040 so‘mdan 2350 so‘mga (qishloq joylarda — 900 so‘mdan 1035 so‘mga), abonent to‘lov tizimida — 2690 so‘mdan 3090 so‘mga (qishloq joylarda — 1325 so‘mdan 1520 so‘mga) oshirildi. Mos ravishda, tashkilotlar uchun ham tariflar oshirildi.

Abonent to‘lovi tarkibiga kiruvchi 180 daqiqalik belgilangan me’yordan oshgan har bir to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan daqiqa uchun to‘lov barcha foydalanuvchilar toifasi uchun 9 so‘mdan 12 so‘mga oshirildi.

22:00 dan 7:00 ga qadar bo‘lgan muddatda mahalliy qo‘ng‘iroqlar uchun vaqtbay to‘lovda tarifga nisbatan 0,10 hajmda kamaytirilgan koeffisient amalda bo‘ladi. Favqulodda xizmatlar, shuningdek, ta’mir, texnik ko‘mak byurosi hamda shaharlararo aloqa buyurtma qilish xizmatiga qilingan qo‘ng‘iroqlar uchun vaqtbay to‘lov amalga oshirilmaydi.

Xorij mamlakatlari, shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab shaharlararo qo‘ng‘iroqlar narxi o‘zgarishsiz qoldi.

Kelgusi oydan boshlab O‘zbekiston ichida va xalqaro yo‘nalishlar bo‘ylab telegramma jo‘natish narxlari ham qimmatlashadi. Jumladan, aholi uchun O‘zbekiston bo‘ylab oddiy telegrammaning bitta so‘zi uchun to‘lov 44 so‘m (hozirda — 37), tezkor telegrammada 220 so‘m (184) qilib belgilandi. Telegrammalarning barcha turlari uchun telegraf to‘lovi 184 so‘mdan 220 so‘mga oshiriladi.

Universal telekommunikasiya xizmatlari uchun tariflar so‘ngi bor 2015 yil iyulida oshgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 517
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 134
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 143
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar