Videolavhada Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 64-umumta’lim maktabining 4“A” sinf o‘quvchisi Mahsuma Abdulahadova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga atab yozgan she’rini madh etgan,
deyiladi "Kun" nashrida.
Jajji beg‘ubor qalb egasi Mahsuma Abdulahadova o‘qigan she’rni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.
“Mehmon bo‘lib keling qishlog‘imizga,
Bir piyola choy ustida suhbat quramiz.
Tinch, osuda hayot qurib bergansiz.
Kelajak haqida o‘ylar suramiz.
Sochingiz oqiga havasim keldi,
Almashgum sochimning tolalarini.
Bizni deb ko‘zingiz nurlari ketdi
Bersaydim ko‘zimning qoralarini.
Butun bir dunyoga hali ko‘rasiz,
O‘zbekning kimligin eslatib qo‘yay.
O‘shal Amriqoyu Evropalikni,
Lol bo‘lib yoqasin tutganda ko‘ray.
Hali katta bo‘lay, Islom bobojon,
Siz uchun ataylab doston bitaman.
Kashtalab bu baytni ajib matoga.
Yuz yoshingizda sizga hadya etaman”.