“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:07
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegasiyasi Xitoyga tashrif buyurdi

18 мая, 11:33 6 715 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegasiyasi Xitoyga tashrif buyurdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Sh. Matiev rahbarligidagi Bosh prokuratura delegasiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tajriba almashish doirasida tashrifi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

XXR Oliy xalq prokuraturasida Bosh prokuror Sao Szyanmin janoblari bilan bo‘lgan uchrashuvda ikki mamlakat prokuratura organlarining faoliyatiga doir dolzarb masalalar, shuningdek, idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston delegasiyasi Xitoy sud-huquq tizimini isloh qilish, shu jumladan, prokuratura faoliyatini takomillashtirish, prokurorlar mustaqilligining kafolatlarini oshirish va ularni ixtisoslashtirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

XXR Bosh prokurori axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish masalasiga alohida to‘xtalib, Xitoy prokuratura organlarida so‘nggi yillarda AKTning faol rivojlanishi faoliyat ochiqligini ta’minlash, tahlil samaradorligini oshirish, jinoyat ishlari bo‘yicha tergov va ayblov salohiyatini yaxshilashga yordam berib, har bir prokurorning faoliyatini muhim ko‘rsatkichlar asosida to‘g‘ri baholashga imkon yaratganini ta’kidlab o‘tdi.

Delegasiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davomida Pekin va Shandun provinsiyasi prokuraturalarida ham uchrashuvlar o‘tkazilib, operasion (situasion) markaz, Prokurorlar Davlat institutining Shandun filiali, shuningdek, Shandun provinsiyasi prokuraturasining Kriminalistik ekspertiza markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 142
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 545
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 138
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 123
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 211
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 145
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar