“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:21
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston prezidenti O‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi

14 мая, 10:50 9 086 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston prezidenti O‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi O‘zbekiston respublikasi prezidentining 13 maydagi farmoniga binoan Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etiladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.

Hujjatda aytilishicha, universitetni tashkil etish bilan bog‘liq qaror o‘zbek tili va adabiyotini, uning tarixiy ildizlarini va globallashuv sharoitlaridagi rivojlanish istiqbollarini chuqur tadqiq etish, o‘zbek tili va adabiyotini ta’lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarida o‘qitish, shuningdek, kadrlar tayyorlash sifatini o‘stirish ehtiyojlari bilan bog‘liqdir.

Yangi oliygoh Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti negizida tashkil etilmoqda.

Universitet tarkibida uchta fakultet bo‘ladi: O‘zbek filologiyasi, O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish, O‘zbek-ingliz tarjimasi. Bundan tashqari, oliygoh huzurida o‘zbek tili va adabiyoti Ilmiy-tadqiqot instituti ishlaydi.

Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi ham yangi universitet tarkibiga kirib, uning asosida O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi tashkil etiladi.

Oliygoh filologlar, ilmiy-pedagogik kadrlar, yuqori malakali tarjimonlar etishtirib beradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritadi, soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy va o‘quv-metodik materiallar tayyorlab beradi.

Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- o‘zbek tili va adabiyotini, uning o‘ziga xos xususiyatlari, ilmiy-nazariy, falsafiy-estetik asoslarini, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirgan, davr talablariga javob beradigan yuksak malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash;
- ilmiy, badiiy va boshqa sohalardagi adabiyotlarni o‘zbek tilidan ingliz va boshqa xorijiy tillarga, shuningdek, jahon tillaridan ona tilimizga yuksak sifat va mahorat bilan tarjima qiladigan tarjimonlar tayyorlash;
- talaba yoshlarni, o‘zbek tili va adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan va mustaqil fikrlaydigan, ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalash;
- o‘zbek tili va adabiyoti, folklorining tarixan shakllangan adabiy, lingvistik maktablari va ta’limotlarini, mumtoz va zamonaviy metodlarini, buyuk ajdodlarimizning o‘zbek va jahon tilshunosligi rivojiga qo‘shgan hissasi, ularning ilmiy merosi, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi o‘rni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari, o‘zbek tili va adabiyotining rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq etish;
- o‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlarini to‘la aks ettiradigan mukammal akademik va o‘quv grammatikalarini yaratish, uning tovushlar tizimi va ularning yozuvda aks etishi, joriy imlo qoidalarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash, turli mavzu va yo‘nalishlar bo‘yicha lug‘at va qomuslar, risola va darsliklar yaratish;
- umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanini o‘qitishning yangi va samarali metodlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish;
- ona tilimizning internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, uning kompyuter uslubini, o‘zbek tili va dunyodagi etakchi xorijiy tillar asosida tarjima dasturlari va lug‘atlar, elektron darsliklar yaratish bilan bog‘liq ilmiy-metodik ishlanmalar, amaliy tavsiyalar tayyorlash va bu borada erishilgan natijalarni amaliyotga keng tatbiq etish.

Yangi universitetda o‘quv jarayoni 2016/2017 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladi.

Universitetning bosh binosi oldidagi maydonda ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 512
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar