“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:53
ЎЗO‘Z

Soliq to‘lovchilar uchun my.soliq.uz internet portali hamda “Soliq” mobil ilovasi ishga tushdi

13 мая, 17:53 16 724 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq to‘lovchilar uchun my.soliq.uz internet portali hamda “Soliq” mobil ilovasi ishga tushdi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida soliq to‘lovchilar uchun yaratilayotgan yangi qulayliklar haqida respublika videoseminari bo‘lib o‘tdi. Unda yangi ishga tushirilgan elektron soliq xizmatlari my.soliq.uz portalining imkoniyatlari taqdim etildi. Bu haqda “Kun” nashri xabar bermoqda.

Portalda elektron davlat xizmatlari interaktiv va axborot davlat xizmatlariga ajratilgan. Xizmatlar yo‘nalishiga ko‘ra “murojaatlar yuborish”, “soliqlarni to‘lash”, “ma’lumotnomalar olish”, “hisobga qo‘yish” kabi guruhlarga bo‘lingan.

Davlat soliq qo‘mitasining 31 elektron davlat xizmati, shu jumladan, 18 interaktiv va 13 axborot xizmati elektron soliq xizmatlari portaliga joylashtirilgan. Bundan tashqari, 27 turdagi ochiq ma’lumotlardan ham foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Portalda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq barcha masalalarni elektron shaklda hal etishga mo‘ljallangan yuridik va jismoniy shaxslarning “shaxsiy kabinet”lari yanada qulay ko‘rinishda. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun alohida “shaxsiy kabinet” joriy etilgan.

Portalda soliqlarni mustaqil ravishda hisoblab chiqarish, hisobot va soliq deklarasiyalarini yuborish, rasmiy tushuntirishlar va 14 turdagi ma’lumotnomalarni olish mumkin. Korxonaning hisobraqamiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ro‘yxati bilan tanishish, soliqlarni onlayn rejimida to‘lash, korxonaga yuborilgan ogohlantirish xabarnomalari to‘g‘risida tezkor xabardor bo‘lish, fuqarolarga hisoblangan sug‘urta badallarini ko‘rish kabi o‘nlab yangi imkoniyatlar yaratilgan.

Barcha turdagi soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimida to‘lash tizimi 24 soat davomida uzluksiz va bepul ishlaydi. Bu imkoniyatdan 110 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti foydalanib, 882 milliard so‘mlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlar masofadan turib to‘langan. Joriy yilning 1 mayidan boshlab yana bir yangilik joriy etildi: korxona va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning mol-mulk va er soliqlaridan bo‘lgan qarzdorligi yoki joriy yil uchun hisoblangan soliqlarni “shaxsiy kabinet” orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratilgan.

Interaktiv xizmatlar yordamida jismoniy shaxslar mol-mulk va er soliqlarini “Clisk”, “MVank” hamda “U-Pay” xizmatlari orqali to‘lashi ortiqcha ovoragarchilikdan xalos etadi. Shu paytgacha ushbu zamonaviy to‘lov usullaridan 15 mingdan ortiq soliq to‘lovchi foydalanib, jami 700 million so‘mlik soliqlar elektron shaklda to‘langan.

Zamonaviy smartfon va planshetlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan “Soliq” mobil ilovasi yordamida Davlat soliq qo‘mitasining 15 turdagi interaktiv xizmat turlaridan tez, oson va qulay shaklda foydalanish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 512
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 132
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 119
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 210
  • «O‘zgidromet» 23 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 22 apr, 12:20 142
  • O‘zbekistonda 22 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti 22 apr, 00:55 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar